O‘zbekiston elchixonasi tomonidan tuhfa etilgan planshetlar Xonoboddagi texnikumga yetkazildi

Iyun 22, 2026. 11:00 • 2 daq

119
O‘zbekiston elchixonasi tomonidan tuhfa etilgan planshetlar Xonoboddagi texnikumga yetkazildi

XONOBOD, 22-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Kasbiy taʼlim agentligi ko‘magida yurtimizning Pokistondagi elchixonasi tomonidan beg‘araz yordam sifatida yuborilgan planshetlar Xonobod shahridagi 2-sonli texnikumga yetkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Taqdim etilgan planshetlar o‘quv jarayonida elektron darsliklar, interaktiv taʼlim platformalari va onlayn resurslardan foydalanishda faol qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, ular talabalarning mustaqil taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytiradi hamda raqamli savodxonlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Planshetlarni topshirish tadbirida so‘zga chiqqan texnikum o‘qituvchilari mazkur tashabbus O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, davlat idoralari va taʼlim muassasalari o‘rtasidagi samarali hamkorlikning yana bir yorqin namunasi ekanini taʼkidladi.

Pedagoglar bunday amaliy yordamlar mamlakatimizda kasbiy taʼlim tizimini modernizatsiya qilish va uni xalqaro standartlarga moslashtirishga xizmat qilishini qayd etdi.

“O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi tomonidan taqdim etilgan beg‘araz ko‘mak uchun jamoamiz nomidan minnatdorlik bildiramiz. Planshetlar maxsus fan o‘qituvchilariga taqdim etiladi. Ushbu qurilmalar o‘quvchilarimizga elektron taʼlim resurslaridan keng foydalanish, yangi bilim va ko‘nikmalarni mustaqil o‘zlashtirish imkonini beradi”, dedi texnikum direktori Jalolidin Mamatov.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish