Qozog‘istonda o‘zbek tilining maqomi va tarixiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi
Sentabr 16, 2026. 16:00 • 57 soniya
• 83OQTOV, 16-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi vakillari “English school” xalqaro maktabida o‘zbek tilining maqomi, nufuzi va tarixiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir doirasida diplomatlar o‘zbek tilining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar hamda uning mamlakat mustaqilligini mustahkamlashdagi muhim o‘rni haqida fikr yuritdi.
Ona tili, anʼanalar va milliy qadriyatlarga nisbatan hurmat va sadoqat Vatanga bo‘lgan muhabbat va sadoqatning ifodasi ekani taʼkidlandi.
Uchrashuv ishtirokchilari madaniy-lisoniy merosni oila davrasida asrab-avaylash hamda uni xorijdagi vatandoshlarning faoliyati davomida keng targ‘ib qilish muhimligini qayd etdi.
Ishtirokchilar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan davlat va xalqaro miqyosda qator yirik maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlar o‘tkazilishini maʼlum qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

