Tokioda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi parlamentlararo va hududlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
Avgust 22, 2026. 13:00 • 59 soniya
• 131
TOKIO, 22-avgust. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz diplomatlari Yaponiya parlamenti Vakillar palatasi deputati, “Yaponiya–O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik ligasi raisi o‘rinbosari Seyichi Murakami bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarni yanada faollashtirish, savdo-iqtisodiy va hududlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, deputatning saylov okrugi bo‘lgan Exime prefekturasi bilan amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jumladan, to‘qimachilik sohasida ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish va qo‘shma biznes tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda yetishtiriladigan meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yaponiya bozoriga eksport qilish imkoniyatlariga ham alohida e’tibor qaratildi.
O‘z navbatida, Seyichi Murakami bu borada Yaponiyaning yirik savdo tarmoqlari bilan aloqalar o‘rnatishga har tomonlama ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi