Minskda O‘zbekistonning MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Avgust 19, 2026. 18:00 • 2 daq
• 134
MINSK, 19-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi, MDHning ustav va boshqa organlaridagi doimiy vakili Nuriddin Mamajonov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Igor Petrishenko bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Suhbatning asosiy mavzusi 2027-yilda O‘zbekistonning Hamdo‘stlikka raisligiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo‘ldi. Tomonlar integratsiya tashabbuslarining uzluksizligini taʼminlash va ilgari qabul qilingan muhim qarorlarni amalga oshirish samaradorligini batafsil muhokama qildilar.
Uchrashuvda O‘zbekiston tomonining MDH doirasidagi mavjud ko‘p tomonlama hamkorlik tadbirlaridagi ishtirokining ustuvor yo‘nalishlari alohida ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, 2026-yilning ikkinchi yarmiga mo‘ljallangan tashkilotning tadbirlar taqvimi atroflicha muhokama qilindi. Xususan, Davlat rahbarlari kengashi, Hukumat rahbarlari kengashi va Tashqi ishlar vazirlari kengashining bo‘lajak majlislarini yuqori saviyada tashkil etish hamda ularning kun tartibiga dolzarb masalalarni kiritish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston davlat Mustaqilligi hamda MDH tashkil etilganining 35 yilligini keng nishonlashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturiga alohida eʼtibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar MDH institutlarini zamonaviy tahdidlarga moslashtirish va milliy idoralar bilan o‘zaro muvofiqlashuvni yana-da kuchaytirish zarurligini taʼkidladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi