O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Farg‘onadagi texnikumning AKT xonasi modernizatsiya qilindi

Avgust 21, 2026. 13:00 • 41 soniya

197
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Farg‘onadagi texnikumning AKT xonasi modernizatsiya qilindi

FARG‘ONA, 21-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi ko‘magida Farg‘ona tumanidagi 3-sonli texnikumga 11 ming AQSh dollari miqdorida homiylik mablag‘lari jalb etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Axborot texnologiyalari xonasi 16 ta kompyuter to‘plami, interaktiv doska va maxsus o‘quv uskunalari bilan jihozlandi. Bu malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda kasb-hunar taʼlimi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish