Logo

O‘zbekiston elchisi Pokiston Prezidenti matbuot kotibi bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Dekabr 02, 2025. 18:02 • 2 daq

124
O‘zbekiston elchisi Pokiston Prezidenti matbuot kotibi bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

ISLOMOBOD, 2-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston Prezidenti matbuot kotibi Murtazo Solangi bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot avvalida Murtazo Solangi O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi darajasini yuqori baholab, so‘nggi yillarda o‘zaro hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini va strategik dinamikaga ega bo‘lganini taʼkidladi. Shuningdek, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi ko‘p tomonlama aloqalar faollashib borayotgani, bunda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif o‘rtasida shakllangan o‘zaro ishonch va yaqin do‘stlik aloqalari muhim o‘rin tutishi qayd etildi. 

Pokiston vakili O‘zbekistonning boy tarixiy va maʼnaviy merosiga, uning jahon sivilizatsiyasiga, islom madaniyati va ilm-faniga qo‘shgan hissasiga chuqur hurmatini bildirdi. U, shuningdek, Samarqand va Buxoro nafaqat islom olamining durdonalari, balki butun mintaqaning madaniy-maʼnaviy makonini shakllantirgan eng muhim markazlar ekanini taʼkidladi.

 – O‘zbekistonga bir necha bor tashrif buyurganman, jumladan, 2022-yilda ShHT Davlat rahbarlari kengashi sammitida ishtirok etganim hanuz yodimda, – dedi. – Samarqanddagi o‘zgarishlar menda katta taassurot qoldirdi Murtazo Solangi va tarixiy merosga hurmat hamda zamonaviy urbanizatsiyani uyg‘unlashtirgan holda mamlakat rivojlanishining yangi dinamikasini namoyish etmoqda.

 Uchrashuvda, shuningdek, siyosiy, parlamentlararo, investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, transport va logistika, madaniyat, turizm, ilm-fan sohalarida O‘zbekiston-Pokiston hamkorligini chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

 O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash va Markaziy Osiyo mamlakatlarini birlashtirish g‘oyasini ilgari surishdagi roli alohida taʼkidlandi. Bu tashabbuslar Pokiston rahbariyati va ekspert-tahlil doiralari tomonidan yuqori baholanishi, pokistonlik jurnalist Abbos Xonning “O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepsiyasi” kitobi bunga yaqqol misol bo‘lishi qayd etildi.

Shuningdek, tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatdagi masalalar xususida ham fikr almashdi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Dildora Azimova

dildora@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish