Logo

Baxtiyor Saidov: O‘zbekiston Islomobod tomonidan tinchlik va barqarorlikni taʼminlash yo‘lida amalga oshirilayotgan tashabbus, jumladan ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatishga erishish bo‘yicha harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi

Aprel 09, 2026. 17:26 • 2 daq

98
Baxtiyor Saidov: O‘zbekiston Islomobod tomonidan tinchlik va barqarorlikni taʼminlash yo‘lida amalga oshirilayotgan tashabbus, jumladan ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatishga erishish bo‘yicha harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi

LISSABON, 9-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Isʼhoq Dar telefon orqali mintaqadagi vaziyatni muhokama qildilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Isʼhoq Dar janoblari bilan telefon orqali muloqot qildik, , – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston Pokiston rahbariyatining saʼy-harakatlarini yuqori baholashini yana bir bor taʼkidlab, Islomobod tomonidan tinchlik va barqarorlikni taʼminlash yo‘lida amalga oshirilayotgan tashabbus, jumladan ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatishga erishish bo‘yicha harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashimizni qayd etdik.

Shuningdek, davom etayotgan diplomatik muloqot va konstruktiv saʼy-harakatlar mintaqa va undan tashqarida barqaror tinchlikni taʼminlashga xizmat qilishiga umid bildirdik”.

“Dunyo” AA arxividan olingan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish