O‘zbekiston TIV rahbari Qatar Tashqi ishlar vazirligi davlat vaziri bilan uchrashdi
Iyun 26, 2026. 23:04 • 59 soniya
• 37
TOSHKENT, 27-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xorvatiyaga tashrifi doirasida Qatar Tashqi ishlar vazirligi davlat vaziri Muhammad bin Abdulaziz bin Solih Al-Xulayfiy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Qatar Davlati Tashqi ishlar vazirligi Davlat vaziri Muhammad bin Abdulaziz bin Solih Al-Xulayfiy janoblari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston–Qatar munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Erishilgan kelishuvlarni amaliy mazmun bilan boyitish, o‘zaro manfaatli loyihalarni ilgari surish hamda tashqi siyosiy idoralar o‘rtasidagi yaqin muloqotni davom ettirish muhimligini ta’kidladik”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi