O‘zbekiston va Sloveniya TIV rahbarlari oliy darajada erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar

Iyun 26, 2026. 23:25 • 2 daq

46
O‘zbekiston va Sloveniya TIV rahbarlari oliy darajada erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 26-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Sloveniya tashqi va Yevropa ishlari vaziri Tone Kajzer bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Sloveniya tashqi va Yevropa ishlari vaziri Tone Kajzer janoblari bilan konstruktiv ruhda uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdik hamda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdik.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, hukumatlararo va ishbilarmonlik aloqalarini yanada faollashtirish, shuningdek, gumanitar va turizm sohalarida yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish yuzasidan umumiy yondashuvga erishdik”.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish