O‘zbekiston va Gruziya tashqi ishlar vazirlari bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarning kun tartibini muhokama qildilar

Iyun 26, 2026. 23:42 • 58 soniya

38
O‘zbekiston va Gruziya tashqi ishlar vazirlari bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarning kun tartibini muhokama qildilar

TOSHKENT, 26-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gruziya Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Gruziya Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili xonim bilan iliq va samarali uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Oliy darajadagi bo‘lajak tadbirlar kun tartibi va ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdik.

Barcha sohalardagi hamkorligimizni izchil davom ettirish va ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha birgalikda ishlashga tayyorligimizni tasdiqladik”.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish