O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqotda ikki va ko‘p tomonlama kun tartibidagi masalalarni muhokama qildilar

Iyun 20, 2026. 16:23 • 59 soniya

84
O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqotda ikki va ko‘p tomonlama kun tartibidagi masalalarni muhokama qildilar

TOSHKЕNT, 20-iyun. /“Dunyo” AA/.O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov janoblari bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida.– O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini har tomonlama rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildik. Shuningdek, turli darajadagi bo‘lajak tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashdik. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika, energetika hamda o‘zaro manfaatli boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratdik. Ikki va ko‘p tomonlama kun tartibidagi boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdik”.

"Dunyo" AA arxividan olingan surat

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish