O‘zbekiston va Pokiston TIV rahbarlari telefon orqali muloqot qildilar

Iyun 20, 2026. 17:09 • 2 daq

89
O‘zbekiston va Pokiston TIV rahbarlari telefon orqali muloqot qildilar
“Dunyo” AA arxividan olingan fotosurat

TOSHKENT, 20-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosari va Tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Ishoq Dar bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Muhammad Is’hoq Dar janoblari bilan telefon orqali samarali muloqot o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat davomida hamkasbim O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif Janobi Oliylariga Amerika Qo‘shma Shtatlari va Eron Islom Respublikasi o‘rtasida imzolangan Anglashuv memorandumi hamda Pokistonning mazkur jarayondagi faol mediatorlik sa’y-harakatlarini e’tirof etib yo‘llagan maktubi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Muzokaralarning keyingi bosqichlari ham konstruktiv ruhda davom etishi, erishilgan kelishuvlarning samarali amalga oshirilishi esa mintaqaviy xavfsizlik, barqarorlikni yana-da mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdik. Ikki birodar mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish manfaatlaridan kelib chiqqan holda tashqi siyosiy idoralarimiz o‘rtasidagi yaqin, ishonchli va muntazam muloqotni davom ettirishga kelishib oldik”.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish