O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va Qatar tashqi savdo ishlari bo‘yicha davlat vaziri hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar
May 20, 2026. 13:05 • 2 daq
• 135
TOSHKENT, 20-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Qatar tashqi savdo masalalari bo‘yicha davlat vaziri Al-Sayid Ahmad bin Muhammad bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Bugun Qatar Davlati tashqi savdo ishlari bo‘yicha davlat vaziri Al-Sayid Ahmad bin Muhammad bilan mazmunli va samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. - O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-logistika, energetika va infratuzilma sohalaridagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini atroflicha muhokama qilindi.
Mavjud ulkan salohiyatni to‘liq ishga solish, investitsiyaviy sheriklikni chuqurlashtirish va qo‘shma loyihalarni jadallashtirish muhimligi qayd etildi.
Qatar tomonini joriy yil iyun oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan V Toshkent xalqaro investitsiya forumida faol ishtirok etishga taklif qildik”.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid




