O‘zbekiston va Eron TIV rahbarlari ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi yaqin muloqot va amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar
May 12, 2026. 17:55 • 2 daq
• 240
TOSHKENT, 12 may. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri Said Abbos Arakchi bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sayyid Abbos Arakchi janoblari bilan telefon orqali muloqot qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Mintaqaviy xavfsizlik va dolzarb xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdik, xalqaro huquq normalariga muvofiq, barcha masalalarni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish muhimligini taʼkidladik.
Shuningdek, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi anʼanaviy do‘stlik rishtalarini yana-da mustahkamlash, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda aloqalarimizni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildik.
Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi yaqin muloqot va amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldik”.
“Dunyo” AA arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




