Kuvayt O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

May 11, 2026. 20:00 • 2 daq

108
Kuvayt O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

TOSHKENT, 11-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Kuvaytning yangi elchisi Turki Xolid Hamad al-Mikradni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Kuvaytning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Turki Xolid Hamad al-Mikrad janoblarining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da rivojlantirish istiqbollari kun tartibimiz markazida bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining 2025-yil fevral oyida Kuvaytga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarimizni yangi bosqichga olib chiqqanini qayd etdik.

Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalarini ham ko‘rib chiqdik.

Elchi janoblariga O‘zbekistondagi masʼuliyatli va sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz”.

“Dunyo” AAolgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish