O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri 62-Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etdi
Fevral 14, 2026. 19:28 • 43 soniya
• 87
TOSHKENT, 14-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov anʼanaviy Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“62-Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV vaziri o‘zining telegram-kanalida. – Dunyoning turli mintaqalari vakillari xavfsizlik siyosatidagi asosiy masalalarni muhokama qilish uchun bu yerga yig‘ilishdi.
Bugungi kunda Markaziy Osiyo bir mintaqadagi davlatlar umumiy farovonlik yo‘lida o‘z masalalarini tinch yo‘l bilan hal eta olishi, yangi yuzaga kelayotgan tahdidlarga qarshi birlashib, yana-da kuchli bo‘lishi mumkinligining yorqin namunasiga aylandi.
Konferensiya davomida ikki tomonlama, mintaqaviy va global miqyosdagi ko‘plab dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish imkoniga ega bo‘ldik. Gruziya, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, AQSh, Yevropa Ittifoqi davlatlari va boshqa mamlakatlardan kelgan hamkasblarimiz bilan uchrashishdan mamnun bo‘ldik. Erishilgan yutuqlarni ko‘rib chiqdik hamda yangi istiqbolli maqsadlarni belgilab oldik”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
