Logo

O‘zbekiston va Germaniyaning qo‘shma investitsiyaviy portfeli 10 milliard dollardan oshdi

Fevral 12, 2026. 00:30 • 37 soniya

142
O‘zbekiston va Germaniyaning qo‘shma investitsiyaviy portfeli 10 milliard dollardan oshdi

TOSHKENT, 12-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Berlinda Germaniya iqtisodiy ishlar va energetika federal vaziri Katerina Rayxe bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Germaniya federal iqtisodiy ishlar va energetika vaziri Katerina Rayxe xonim bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. –Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikda juda istiqbolli rivojlanish dinamikasini kuzatmoqdamiz. So‘nggi yillarda tovar ayirboshlash hajmi ikki barobarga ortdi, qo‘shma investitsiya portfeli 10 milliard dollardan oshdi va “yashil” energetika, sanoat, muhim xomashyolar va ishchi kuchining harakatchanligi sohasida hamkorligimiz yanada kengaymoqda.

Biz savdo va investitsiyaviy sheriklikni faollashtirish va kelgusida ikki tomonlama biznes tadbirlari oldidan aniq loyihalarni ishlab chiqishga kelishib oldik”.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish