Pokiston elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda

May 22, 2026. 18:55 • 2 daq

68
Pokiston elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda

TOSHKENT, 22-may. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatimizda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Pokiston elchisi Ahmad Farukni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Pokistonning O‘zbekistondagi elchisi Ahmad Faruk bilan uning diplomatik missiyasi yakunlangani munosabati bilan xayrlashuv uchrashuvi o‘tkazildi”, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston bilan Pokiston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash, savdo, investitsiya, taʼlim, madaniy almashinuv va boshqa yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildik.

Janob elchiga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyat tilaymiz”.

Eslatib o‘tamiz, Ahmad Faruk Muhammad 2023-yil 12-aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish