Jazoir elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda

May 20, 2026. 19:30 • 1 daq

172
Jazoir elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda

TOSHKENT, 20-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Jazoir elchisi Muhammad Irkini qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Mamlakatimizdagi diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Jazoirning O‘zbekistondagi elchisi Muhammad Irki janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston - Jazoir o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni boyitish yo‘lidagi saʼy-harakatlariga chin dildan minnatdorlik bildiramiz.

Elchi janoblariga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”.

Eslatib o‘tamiz, Muhammad Irki 2023-yil oxirida Jazoirning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan. 2024-yil 7-may kuni u O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish