O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri YXHT bosh kotibi bilan uchrashdi
May 21, 2026. 16:50 • 2 daq
• 499
TOSHKENT, 21-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Feridun Sinirliog‘lu bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Bugun Vazirlikda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) bosh kotibi Feridun Sinirliog‘lu janoblari bilan samarali va mazmunli uchrashuv o‘tkazdik, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. - Hozirgi murakkab xalqaro vaziyatda YXHTning o‘rni va ahamiyati, uning ochiq muloqot hamda o‘zaro ishonchni mustahkamlashdagi roli xususida atroflicha suhbatlashdik.
O‘zbekistonda gender tengligi, yoshlar siyosati, kiberxavfsizlik, “yashil” taraqqiyot, ekologik barqarorlik va mintaqaviy hamkorlik sohalaridagi tashabbuslarga alohida to‘xtalib, YXHT bilan amaliy sheriklikni yana-da kengaytirish muhimligini taʼkidladik.
Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro ishonchga asoslangan yangi muhit shakllanib borayotgani uchrashuvimizning muhim qismi bo‘ldi.
Global va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdik. Barcha mojaro va ziddiyatlar faqat diplomatiya, muloqot va xalqaro huquq normalari asosida hal qilinishi zarurligini qayd etdik”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi