Samarqandda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va AQSh delegatsiyalari ishtirokida “C5+1” formatidagi vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Oktabr 19, 2026. 16:00 • 2 daq

• 182

TOSHKЕNT, 19-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “C5+1” formatidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Bugun Samarqandda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Amerika Qo‘shma Shtatlarini birlashtirgan “C5+1” formatidagi vazirlar uchrashuvini o‘tkazdik”, – deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida. – Markaziy Osiyodagi hamkasblarimiz hamda AQSh Davlat kotibi janob Marko Rubioni ushbu muloqotga asos solingan shaharda uchrashishdan mamnunmiz.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, uzoq muddatli investitsiyalarni jalb etish, transport, energetika va raqamli infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan atroflicha fikr almashdik.

Muhim minerallar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdik. Bu mintaqamizda yangi sanoat quvvatlari, ish o‘rinlari va texnologik imkoniyatlarni yaratishga xizmat qiladi.

Shuningdek, biznes vakillarini ustuvor loyihalarni belgilash va ilgari surishga jalb etish uchun “C5+1” va “B5+1” formatlari o‘rtasida muntazam hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif etdik.

Ishonchimiz komilki, Samarqanddagi muloqotimiz siyosiy kelishuvlarni aniq investitsiyalar va qo‘shma loyihalarga aylantirishga yangi sur’at bag‘ishlaydi.

O‘zbekiston “C5+1” Kotibiyatiga hamraisligi davomida ushbu yo‘nalishlarda izchil va amaliy hamkorlikni davom ettirishga tayyor.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish