Baxtiyor Saidov va Marko Rubio Samarqandda “O‘zbekiston va AQSh: asrlar va qit’alar osha mushtarak tarix” ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi
Oktabr 19, 2026. 14:15 • 2 daq
• 158TOSHKЕNT, 19-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlari Baxtiyor Saidov va Marko Rubio bugun Samarqandda “O‘zbekiston va AQSh: asrlar va qit’alar osha mushtarak tarix” ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“AQSh Davlat kotibi janob Marko Rubio bilan birgalikda “C5+1” vazirlar uchrashuvi doirasida tashkil etilgan “O‘zbekiston va AQSh: asrlar va qit’alar osha mushtarak tarix” ko‘rgazmasida ishtirok etdik, – deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida. – Xalqlarimiz o‘rtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarning boy tarixini yorituvchi ushbu ko‘rgazmada Ahmad al-Farg‘oniyning ilmiy merosi, Edgar Allan Poning Amir Temurga bag‘ishlangan she’riy to‘plami, amerikalik sayohatchilarning o‘lkamiz haqidagi asarlari va boshqa bebaho meros namunalari o‘rin olgan.
Shuningdek, 1973-yilda yo‘lga qo‘yilgan Toshkent–Sietl birodarlik aloqalariga oid materiallar xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikning tarixiy ildizlarini yana bir bor namoyon etdi.
Mushtarak tariximizni chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvni mustahkamlab, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi hamkorligimiz uchun yangi imkoniyatlar ochadi”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




