Logo

O‘zbekiston delegatsiyasi Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston–Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi

May 04, 2026. 10:25 • 49 soniya

160
O‘zbekiston delegatsiyasi Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston–Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi

TOSHKENT, 4-may. /“Dunyo” AA/. 6–7-may kunlari O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xitoyning “Sinxua” axborot agentligi maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, XXR Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Gochjun bilan birgalikda Hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasining 8-yig‘ilishiga hamraislik qiladi.

Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston–Xitoy hukumatlararo qo‘mitasi 2011-yilda tuzilgan. Qo‘mitaning 7-yig‘ilishi 2024-yil 13-may kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish