Yevroparlament aviayo‘lovchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yangi qoidalarni tasdiqladi
Iyul 09, 2026. 10:00 • 2 daq
• 142
BRYUSSEL, 9-iyul. /“Dunyo” AA/. Yevropa parlamenti aviapassajirlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yangi qoidalarni tasdiqladi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri “DW” nashriga tayanib.
Yangi meʼyorlarga ko‘ra, bolali yo‘lovchilar samolyotdagi yonma-yon o‘rindiqlarni bepul band qilishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, harakatlanish imkoniyati cheklangan shaxslarga hamrohlik qiluvchilarga ham shunday imkoniyat taqdim etiladi.
Bundan tashqari, aviakompaniyalar qo‘l yukini hisobga olgan holda chiptaning to‘liq narxini ko‘rsatishga majbur bo‘ladi va yo‘lovchining ism-sharifidagi xatolarni tuzatish bepul amalga oshiriladi.
Agar reys tashuvchining aybi bilan uch soatdan ortiqqa kechiktirilsa, yo‘lovchilar parvoz masofasiga qarab 250 yevrodan 600 yevrogacha tovon puli olish huquqini saqlab qoladi. To‘lov uchun arizani to‘qqiz oy ichida topshirish mumkin, aviakompaniya esa 30 kun ichida javob qaytarishi shart.
Tashuvchilar noqulay ob-havo sharoitlari, tabiiy ofatlar, yo‘lovchilarning tajovuzkor xatti-harakatlari yoki aeroport xodimlarining ish tashlashlari sababli yuzaga kelgan kechikishlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
Shuningdek, agar aviakompaniya uch soat ichida yangi yo‘nalish taklif etmasa, yo‘lovchilar muqobil sayohatni mustaqil ravishda tashkil etish huquqiga ega bo‘ladi. Bunday holda, xarajatlar dastlabki chipta narxining 400 foizigacha qoplanishi mumkin.
Mazkur qoidalar kuchga kirgach, aviakompaniyalarga tayyorgarlik ko‘rish uchun 12 oy muhlat beriladi. Yangi meʼyorlar to‘liq hajmda 2027-yilning yozida amal qila boshlashi kutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi