O‘zbekiston fuqarolari birinchi chorakda ko‘proq qaysi davlatlarga safar qildi?
Aprel 27, 2026. 10:55 • 2 daq
• 299
TOSHKENT, 27 aprel. / “Dunyo” AA/. 2026-yilning yanvar–mart oylarida 631 ming 234 nafar O‘zbekiston fuqarosi chet elga safar qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ko‘rsatkich qariyb 111,6 ming kishiga yoki qariyb 7% oshgan. Bu aholi mobilligining izchil o‘sishi va safarlar geografiyasi kengayib borayotganidan dalolat beradi.
Qo‘shni davlatlar va anʼanaviy sayyohlik markazlari eng ommabop yo‘nalishlarga aylandi. Eng ommabop o‘ntalikka quyidagi davlatlar kirdi:
- Qirg‘iziston — 660 ming 579 kishi;
- Qozog‘iston — 284 ming 24 kishi;
- Tojikiston — 282 ming 40 kishi;
- Saudiya Arabistoni — 136 ming 60 kishi;
- Rossiya — 88 ming 267 kishi;
- Turkiya — 52 ming 199 kishi;
- BAA — 28 ming 125 kishi;
- Xitoy — 15 ming 844 kishi;
- Tailand — 13 ming 839 kishi;
- Misr — 12 ming 186 kishi.
Ekspertlarning taʼkidlashicha, qo‘shni davlatlarga safarlarning yuqori ulushi faol savdo-iqtisodiy va gumanitar aloqalar bilan izohlansa, uzoq xorij yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishning ortishi aviaqatnovlar va sayyohlik takliflarining kengaygani bilan bog‘liq.
Umuman olganda, o‘zbekistonliklarning xorijiy safarlaridagi jadal o‘sish mamlakat ochiqligining mustahkamlanishi, aholi farovonligi darajasining yuksalishi va xalqaro aloqalarning kengayishini aks ettiradi. Bu esa istiqbolda turizm sohasi va ishbilarmonlik faolligining yana-da rivojlanishiga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi