Logo

AQSHda Tramp qatnashgan qabul marosimida otishma sodir bo‘ldi

Aprel 26, 2026. 11:09 • 2 daq

302
AQSHda Tramp qatnashgan qabul marosimida otishma sodir bo‘ldi

VASHINGTON, 26-aprel. /“Dunyo” AA/. AQSH poytaxtidagi “Washington Hilton” mehmonxonasida prezident Donald Tramp ishtirok etgan Oq uy muxbirlari assotsiatsiyasining qabul marosimi vaqtida otishma sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Zaldagi jurnalistlar fikricha, otishmaga o‘xshash ovozlar tadbirning eng qizg‘in paytida yangragan. Maxfiy xizmat xodimlari qurol bilan binoga bostirib kirib, “O‘q uzildi” deb baqirgan va shundan so‘ng zudlik bilan evakuatsiya boshlangan.

Zaldan davlatning birinchi rahbarlari, jumladan, AQSH prezidenti, birinchi xonim Melaniya Tramp va vitse-prezident Jey Di Vens olib chiqildi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi maxfiy xizmat postiga hujum qilib, agentga qarata o‘t ochgan, biroq uni zirhli nimchasi qutqarib qolgan. Gumonlanuvchi sochma miltiq, to‘pponcha va pichoqlar bilan qurollangan. Uni “yerga ag‘darib” qo‘lga olishdi.

Taxmin qilingan otishmachining shaxsi aniqlandi ­­– u 30 yoshli kaliforniyalik erkak. U sudlanmagan va ilgari huquq-tartibot idoralari e’tiboriga tushmagan. Hujum sabablari hozircha noma’lum.

Voqeadan so‘ng, Donald Tramp shunday deb yozdi: “Maxfiy xizmat va huquq-tartibot idoralari ajoyib ish qildi. Ular tez va dadil harakat qilishdi. Keyinroq, u hibsga olingan shaxs “juda kasal odam” va uning fikricha, “yolg‘iz qotil” ekanini aytdi.

Prezident, shuningdek, “qolish uchun jon-jahdi bilan kurashgani, biroq xavfsizlik protokoliga muvofiq joyni tark etishga majbur bo‘lgani”ni ta’kidlagan. Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqea birinchi xonimga juda qattiq ta’sir qilgan.

Tadbir kamida bir oyga qoldirildi.

“Reuters” agentligi surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish