12 mingga yaqin xorijlik davolanish uchun O‘zbekistonni tanladi
Aprel 04, 2026. 13:59 • 57 soniya
• 111
TOSHKENT, 4-aprel. /“Dunyo” AA/. 2026-yilning yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonga davolanish maqsadida 11 ming 876 nafar chet el fuqarosi tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, eng ko‘p bemorlar qo‘shni davlatlar fuqarolaridir:
- Tojikiston — 7562 kishi;
- Qirg‘iziston — 2530 kishi;
- Qozog‘iston — 1212 kishi;
- Afg‘oniston — 338 kishi;
- Rossiya — 208 kishi;
- Boshqa davlatlar — 26 kishi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, tibbiy turizmning asosiy manbasi Markaziy Osiyo davlatlari bo‘lib qolmoqda — kelayotgan bemorlarning mutlaq ko‘pchiligi aynan ushbu mintaqa hissasiga to‘g‘ri keladi.
Davolanish uchun kelayotgan xorijlik fuqarolar sonining ortishi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘lgan ishonch kuchayganini hamda mamlakatimizning yaqin va uzoq xorijdan bemorlarni jalb qila oladigan mintaqaviy tibbiy xizmatlar markazi sifatidagi mavqei mustahkamlanayotganini tasdiqlaydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi