Bangladesh prezidenti isteʼfoga chiqdi

Iyul 24, 2026. 18:30 • 48 soniya

160
Bangladesh prezidenti isteʼfoga chiqdi

DAKKA, 24-iyul. /“Dunyo” AA/. Bangladesh prezidenti Shahabuddin Chuppu bugun parlament spikeri Hafiz Uddin Ahmedga isteʼfoga chiqish to‘g‘risidagi arizasini topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Sinxua” axborot agentligiga tayanib.

Davlat rahbari o‘z qarorini izohlar ekan, lavozimini tark etishiga sog‘lig‘idagi muammolar sabab bo‘lganini maʼlum qildi.

“Sog‘lig‘im bilan bog‘liq turli muammolarim bor”, – dedi Shahabuddin Chuppu.

Bangladesh Konstitutsiyasiga ko‘ra, yangi prezident saylangunga qadar davlat rahbari vazifasini parlament spikeri Hafiz Uddin Ahmed bajarib turadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish