O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida ishtirok etmoqda
Sentabr 23, 2026. 10:30 • 47 soniya
• 96TOSHKЕNT, 23-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Nyu-Yorkda o‘z ishini boshlagan BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida ishtirok etmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“BMT bosh qarorgohi Bosh Assambleyaning 81-sessiyasi doirasida 130 ga yaqin davlatdan kelgan delegatsiyalarga mezbonlik qilmoqda. Ular qatorida, jumladan, O‘zbekiston ham bor, – deb yozdi bugun O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Mamlakatimiz delegatsiyasi umumiy munozaralar davomida qator davlat rahbarlarining nutqlarini tingladi”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi





