Londonda O‘zbekiston haftaligi bo‘lib o‘tdi
May 12, 2026. 15:25 • 2 daq
• 94
LONDON, 13-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Britaniyadagi Vestminster universiteti hamda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti hamkorligida madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlari o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Londonda bo‘lib o‘tgan tadbirlar “Global Uzbekistan Festival” loyihasi doirasida o‘tkazildi. Unda xalqaro akademik va gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar ilgari surildi, shuningdek taʼlim dasturlari va sport tadbirlari tashkil etildi.
Vestminster universiteti rektori, professor Piter Bonfild O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, oliy taʼlim tizimidagi o‘zgarishlar va xalqaro standartlarga javob beradigan yangi oliy taʼlim muassasalari tashkil etilishini alohida eʼtirof etdi.
Dastur doirasida ishtirokchilarga O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, milliy anʼanalari va mamlakatdagi zamonaviy o‘zgarishlar haqida taqdimotlar namoyish etildi. Shuningdek, taʼlim va gumanitar hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqotlar va davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning sport qismi yoshlar o‘rtasida do‘stona musobaqalar va jamoaviy o‘yinlarni o‘z ichiga oldi. Bu esa o‘zaro anglashuv va madaniy almashinuv muhitini yana-da mustahkamlashga xizmat qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Buyuk Britaniya bosh vaziri atrofida siyosiy ziddiyat kuchaymoqda, Kir Starmer isteʼfoga chiqishi mumkin



