Misr investorlari O‘zbekistonda ikkita yangi shakar zavodi barpo etadi
Fevral 13, 2026. 16:14 • 46 soniya
• 38
TOSHKENT, 13-fevral. /“Dunyo” AA/. Misrning eng yirik kompaniyalaridan biri “Nile Sugar” joriy yilning mart oyidan Jizzax viloyatida shakar lavlagi yetishtirish va uni qayta ishlash loyihasini amalga oshirishni boshlaydi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ukrainaning, “Fixygen” nashriga ko‘ra, mazkur loyiha yiliga 200 ming tonnagacha shakar ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi. Investitsiyalarning umumiy hajmi 450 million AQSh dollariga baholanmoqda va u to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar shaklida amalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning taʼkidlashicha, davlatimiz rahbari loyihani alohida nazoratga olish va qisqa muddatlarda ijrosiga kirishish bo‘yicha topshiriq bergan.
Loyiha uchun Jizzax viloyatining G‘allaorol va Forish tumanlaridan shakar lavlagi yetishtirish uchun 50 ming gektar hamda shakar zavodi qurilishi uchun 170 gektar yer maydoni ajratilgan.
Kelishuvlarning amalga oshirilishi O‘zbekistonga zamonaviy agrosanoat va qayta ishlash texnologiyalarini jalb qilish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda ichki bozorni mahalliy shakar mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash imkonini beradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
