O‘zbekiston delegatsiyasi Tehronda Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Avgust 17, 2026. 23:05 • 57 soniya

121
O‘zbekiston delegatsiyasi Tehronda Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

TOSHKENT, 17-avgust. /“Dunyo” AA/. Tehron shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev bugun Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini, jumladan, siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, transport-tranzit hamda madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Hukumatlararo hamkorlik mexanizmlarini yanada takomillashtirish hamda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, o‘zaro manfaatli bo‘lgan mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish