O‘zbekiston delegatsiyasi BRIKS tashqi ishlar vazirlarining Dehlidagi uchrashuvida ishtirok etdi

May 15, 2026. 20:00 • 59 soniya

127
O‘zbekiston delegatsiyasi BRIKS tashqi ishlar vazirlarining Dehlidagi uchrashuvida ishtirok etdi
O‘zbekiston delegatsiyasi BRIKS tashqi ishlar vazirlarining Dehlidagi uchrashuvida ishtirok etdi

TOSHKENT, 15-may. /“Dunyo” AA/. 2026-yil 14-15-may kunlari Dehli shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev boshchiligidagi delegatsiya BRIKSga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, xorijiy davlatlar delegatsiyalari rahbarlari Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi tomonidan qabul qilindi.

Forum doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi BRIKS anjumani kun tartibiga kiritilgan asosiy mavzular bo‘yicha o‘z nuqtayi nazarini yetkazdi. Xususan, barqaror rivojlanish jarayonida innovatsiya masalalariga urg‘u berildi, global boshqaruv tizimi, ko‘p tomonlama aloqalar hamda yetakchi xalqaro tashkilotlar faoliyatini isloh qilish istiqbollariga eʼtibor qaratildi.

O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan ochiq va pragmatik mintaqaviy siyosat yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashga va yagona xavfsizlik makonini shakllantirishga xizmat qilayotgani eʼtirof etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish