Maskatda O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi
Iyul 01, 2026. 12:00 • 49 soniya
• 115
TOSHKENT, 1-iyul. /“Dunyo” AA/. Kecha Maskat shahrida O‘zbekiston va O‘mon tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev va O‘mon tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xalifa al-Xarisiy boshchilik qildi.
Muzokaralarda ikki davlat o‘rtasida siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy mavzular yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi