Toshkentda O‘zbekiston–Norvegiya siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi

Iyul 01, 2026. 21:30 • 2 daq

90
Toshkentda O‘zbekiston–Norvegiya siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 1-iyul. /“Dunyo” AA/. Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Norvegiya Qirolligi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 3-davrasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov, Norvegiya delegatsiyasiga esa Tashqi ishlar vazirligi Davlat kotibi Eyvind Vad Petersson boshchilik qildi.

Maslahatlashuvlar davomida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va o‘zaro manfaatli bo‘lgan boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Savdo-sotiq va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari hamda kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro tashriflar uyushtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida muntazam muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish