Londondagi biznes-forumda O‘zbekiston banklari qator moliyaviy bitimlar imzoladi

May 26, 2026. 10:55 • 52 soniya

65
Londondagi biznes-forumda O‘zbekiston banklari qator moliyaviy bitimlar imzoladi
Londondagi biznes-forumda O‘zbekiston banklari qator moliyaviy bitimlar imzoladi
Londondagi biznes-forumda O‘zbekiston banklari qator moliyaviy bitimlar imzoladi

LONDON, 26-may. /“Dunyo” AA/. Londonda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston investorlari kuni” biznes-forumi doirasida Britaniyaning “ICBC Standard Bank” moliya instituti hamda O‘zbekistonning qator banklari o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, forum doirasida “Agrobank” bilan 50 million, “Mikrokreditbank” bilan 50 million va “Biznesni rivojlantirish banki” bilan 40 million AQSH dollari miqdoridagi bitimlar imzolandi.

Taʼkidlanishicha, mazkur kelishuvlar kapital bozoridagi operatsiyalarni rivojlantirish, resurs bazasini diversifikatsiya qilish hamda O‘zbekiston banklarining xorijiy investorlar bilan xalqaro hamkorligini kengaytirishga qaratilgan.

Bundan tashqari, imzolangan hujjatlar mahalliy banklarning xalqaro moliya bozorlaridagi mavqeini mustahkamlashga, shuningdek, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mustahkam moliyaviy asos yaratishga xizmat qilishi qayd etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish