Davlat rahbarining 2025 yildagi faoliyatiga oid “Yurt qayg‘usida 365 kun” kitobi nashr qilindi
May 19, 2026. 16:55 • 2 daq
• 142
TOSHKENT, 19-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2025-yildagi sermahsul faoliyati aks etgan “Yurt qayg‘usida 365 kun” nomli kitob taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Madaniy-maʼrifiy uchrashuvda ijodkorlar, jamoat arboblari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Mazkur kitob Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil davomidagi serqirra davlat va siyosiy faoliyatini o‘zida mujassam etgan keng qamrovli to‘plam hisoblanadi.
Kitobda davlat boshqaruvi, xalqaro diplomatiya, iqtisodiy islohotlar, ekologik barqarorlik, ijtimoiy himoya, ilm-fan, taʼlim va madaniyat sohalarida amalga oshirilgan ishlar fotolavhalar, hujjatli manbalar va tahliliy sharhlar asosida yoritilgan.
Shuningdek, kitob sahifalarida iqtisodiy o‘sish surʼatlari, investitsion faollik, eksport hajmining ortishi, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash, “Yashil iqtisodiyot” siyosatini kengaytirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda yangi O‘zbekistonning global maydondagi nufuzi ortib borayotgani haqidagi muhim fakt va dalillar o‘rin olgan.
Nashrda davlat rahbarining bevosita xalq bilan muloqotlari, hududlarga tashriflari, xalqaro sammit va muzokaralardagi ishtiroklari, strategik sheriklik aloqalari, ekologiya, energetika, raqamli texnologiyalar, mudofaa, uy-joy siyosati, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotga oid tashabbuslari yaxlit tarixiy jarayon sifatida talqin etilgan.
Taqdimot marosimida so‘zga chiqqanlar mazkur kitobda Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, davlat rahbarining xalq bilan muloqoti, hududlarda olib borilayotgan o‘zgarishlar hamda mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga qaratilgan tashabbuslar izchil aks ettirilganini eʼtirof qildi.
Tadbir ishtirokchilari “Yurt qayg‘usida 365 kun” kitobi siyosatshunoslar, tarixchilar, tadqiqotchilar, jurnalistlar, talaba-yoshlar va Yangi O‘zbekistondagi islohotlar jarayonini chuqur o‘rganishga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun muhim manba vazifasini o‘tashini alohida taʼkidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Pekindan munosabat: Boku forumida O‘zbekistonning barqaror shaharsozlik siyosati yuqori baholandi

Kiyevdan munosabat: Turkiston sammitida O‘zbekiston bildirgan tashabbuslar TDT integratsiyasini yana-da yuksaltiradi


