Ostonadan munosabat: O‘zbekiston Markaziy Osiyoning muhim iqtisodiy markaziga aylanmoqda
Iyun 22, 2026. 09:30 • 2 daq
• 163
OSTONA, 22-iyun. /“Dunyo” AA/. Qozog‘iston Hukumati va Parlamenti maslahatchisi Anuar Nurtazin “Dunyo” AA muxbiriga 16–18-iyun kunlari mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan V Toshkent xalqaro investitsiya forumi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
– Men V Toshkent xalqaro investitsiya forumini katta qiziqish bilan kuzatdim. Bugun O‘zbekiston Markaziy Osiyoning asosiy iqtisodiy markazlaridan biri sifatida o‘z mavqeini ishonch bilan mustahkamlab bormoqda. Mamlakat biznes, investitsiyalar va yirik xalqaro loyihalarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga erishmoqda.
Ayniqsa, qo‘shni va do‘st mamlakatimizning barqaror iqtisodiy o‘sishni namoyon etayotgani, xalqaro hamkorlikka ochiqligi hamda zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etishga intilishi quvonarlidir.
Ishonchim komilki, ushbu forum yangi investitsiyalarni jalb qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, sanoat va infratuzilmani rivojlantirish hamda mintaqadagi mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bunday tadbirlar tajriba almashish, yangi hamkorliklarni shakllantirish va istiqbolli tashabbuslarni ilgari surishda muhim ahamiyatga ega. Forum tashkilotchilari va ishtirokchilariga samarali ish, muvaffaqiyatli muzokaralar va qo‘yilgan barcha maqsadlarga erishishni tilayman. Bu harakatlar mintaqaning yanada rivojlanishi va farovonligiga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi