O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Singapur barqaror rivojlanish va atrof-muhit vaziri bilan uchrashdi
Iyun 22, 2026. 14:00 • 54 soniya
• 91
TOSHKЕNT, 22-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Singapurning barqaror rivojlanish va atrof-muhit vaziri Greys Fu bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Singapur barqaror rivojlanish va atrof-muhit vaziri Greys Fu xonim bilan samimiy va mazmunli muzokaralar o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Suhbatimizda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, “yashil” iqtisodiyot va suv resurslarini samarali boshqarish sohalaridagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratdik.
Singapurning ekologik barqarorlikni ta’minlash va innovatsion yondashuvlarni joriy etish borasidagi ilg‘or tajribasi mamlakatimiz uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladik”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi