Moskvadan munosabat: TXIFning ommalashishi O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligi ortib borayotganidan dalolat

Iyun 21, 2026. 15:00 • 2 daq

96
Moskvadan munosabat: TXIFning ommalashishi O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligi ortib borayotganidan dalolat

MOSKVA, 21-iyun. /“Dunyo” AA/. Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi, Jamoatchilik diplomatiyasi va jahon siyosatini tahlil qilish markazi direktori Aleksandr Vorobyov “Dunyo” AAga 16–18-iyun kunlari mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan V Toshkent xalqaro investitsiya forumi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi:

– Toshkent xalqaro investitsiya forumi yil sayin nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqa uchun muhim iqtisodiy muloqot maydoniga aylanib bormoqda.

Bu O‘zbekiston rahbariyati tomonidan forumni yuqori darajada tashkil etish va uning nufuzini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar natijasidir. 

Qolaversa, forumga bo‘lgan qiziqishning ortishi mamlakat iqtisodiyotining investitsiyaviy jozibadorligi mustahkamlanib borayotgani hamda O‘zbekistonning xalqaro biznes hamjamiyati uchun tobora muhim hamkorga aylanayotganini ko‘rsatadi.

Forumda ko‘plab ahamiyatli uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, muhim kelishuvlar imzolandi. Rossiya ishbilarmonlari ham forumda faol qatnashdi. Buni Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin boshchiligidagi delegatsiyaning ishtirokidan ham bilish mumkin.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish