O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Singapurda global investitsiya kompaniyasi bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi
Iyun 22, 2026. 12:30 • 54 soniya
• 21TOSHKЕNT, 22-iyun. /“Dunyo” AA/. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Singapurga tashrifi doirasida “Temasek Holdings” investitsiya kompaniyasining bosh ijrochi direktori Dilxan Pillay Sandrasegara bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Bosh qarorgohi Singapurda joylashgan “Temasek Holdings” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Dilxan Pillay Sandrasegara janoblari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Kompaniyaning jahon investitsiya bozorlaridagi katta tajribasi va uzoq muddatli rivojlanishga yo‘naltirilgan yondashuvi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar bilan hamohang ekanini ta’kidladik.
Suhbatimiz davomida qator yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik salohiyati yuzasidan fikr almashdik”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




