Ispaniyaniyadan munosabat: O‘zbekiston Markaziy Osiyoda hamkorlik va barqarorlikning muhim markaziga aylanmoqda
May 30, 2026. 14:00 • 3 daq
• 64
MADRID, 30-may. /“Dunyo” AA/. Ispaniyaning San-Pablo SEU universiteti professori, Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha mutaxassis Antonio Alonso “Dunyo” AA muxbiriga O‘zbekiston Prezidentining kuzatuvchi davlat rahbari maqomida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtiroki xususida fikr bildirdi:
– O‘zbekiston yetakchisining Ostonadagi YEOII yig‘ilishida ishtiroki kutilmagan holat emas. emas. Chunki Shavkat Mirziyoyev Prezidentlik faoliyatining ilk kunlaridanoq nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan yangi tashqi siyosiy strategiyani izchil amalga oshirib kelmoqda.
O‘zbekiston davlat rahbari boshidanoq o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik muhitini shakllantirmasdan turib, mintaqaning barqaror taraqqiyotini ta’minlab bo‘lmasligini yaxshi anglagan edi. Aynan uning tashabbuslari tufayli Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning mutlaqo yangi bosqichi boshlandi.
Shavkat Mirziyoyev chegaralarni ochdi, ko‘plab to‘siqlarni bartaraf etdi, qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi ishonchni tikladi va doimiy siyosiy muloqot uchun sharoit yaratdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston mintaqadagi barcha davlatlarning mustaqilligi, suvereniteti va milliy manfaatlariga doimo hurmat bilan yondashib kelmoqda.
O‘zbekiston Prezidentining qo‘shni davlatlar rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralari strategik ahamiyatga ega. Zero, Shavkat Mirziyoyev bugun Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiya va amaliy hamkorlikning asosiy tashabbuskorlaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Uning shaxsiy diplomatiyasi, ochiqligi va muloqotga tayyorligi mintaqa barqarorligini mustahkamlashda muhim omilga aylandi.
O‘zbekiston rahbariyatining Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasidagi ma’naviy yaqinlikni kuchaytirishga qaratilgan gumanitar va madaniy tashabbuslari ham alohida ahamiyatga ega. Bunga O‘zbekiston tashabbusi bilan Turkiston shahrida masjid va maqbara qurilishi loyihasi amalga oshirilgani yorqin misol bo‘la oladi.
Bu mintaqa xalqlarining umumiy tarixiy va ma’naviy merosiga hurmat ramzi sifatida baholanmoqda. Bunday loyihalar O‘zbekiston munosabatlarni nafaqat siyosiy va iqtisodiy asosda, balki umumiy tarixiy, madaniy va sivilizatsion qadriyatlar negizida ham rivojlantirishga intilayotganini ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston mintaqa davlatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. So‘nggi yillarda o‘zaro savdo hajmi, investitsiyalar, transport sohasidagi hamkorlik va sanoat kooperatsiyasi sezilarli darajada o‘sdi.
Ta’kidlash joizki, Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston muvozanatli va mustaqil tashqi siyosat yuritmoqda. Murakkab xalqaro vaziyat va global geosiyosiy o‘zgarishlar sharoitida Toshkent milliy manfaatlar hamda o‘zaro hurmat tamoyillariga tayangan holda barcha xalqaro hamkorlar bilan konstruktiv munosabatlar o‘rnatish qobiliyatini namoyon etmoqda.
Bugungi global chaqiriqlar fonida O‘zbekiston Markaziy Osiyoda barqarorlik, muloqot va tinch hamkorlikning muhim markazlaridan biri sifatida tobora mustahkam o‘rin egallab bormoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashrifi va mintaqa liderlari bilan faol muloqotlari mintaqaviy birlik, iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik va qo‘shma taraqqiyotni yanada kuchaytirishga qaratilgan siyosat izchil davom etayotganini tasdiqlaydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Pekindan munosabat: O‘zbekistonning YEOIIdagi ishtiroki mintaqada iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi

Budapeshtdan munosabat: O‘zbekistonning ko‘pvektorli tashqi siyosati Yevroosiyodagi iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirmoqda


