Logo

“Avesta” AA: Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegaralar o‘zaro aloqa va birgalikdagi o‘sish nuqtalariga aylanmoqda

Aprel 17, 2026. 12:14 • 2 daq

165
“Avesta” AA: Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegaralar o‘zaro aloqa va birgalikdagi o‘sish nuqtalariga aylanmoqda

DUSHANBE, 17-aprel./“Dunyo” AA/. Ommabop “Avesta” axborot agentligida Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning yangi bosqichiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda qayd etilishicha, “O‘zmetkombinat” AJ va Tojikiston metallurgiya kombinati o‘rtasida strategik memorandum imzolandi.

Mazkur iqtisodiy kelishuv zamirida yuqori darajadagi o‘zaro ishonch turgani alohida taʼkidlangan. Bu voqea ikki davlat rahbarlarining to‘siqlarni bartaraf etish, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash borasidagi islohotlarni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Agentlikning yozishicha, ushbu kelishuv Tojikiston yetakchisi Emomali Rahmonning Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida amalga oshirilgan. Ushbu tashrif o‘zbek-tojik ishbilarmonlik aloqalariga yangi surʼat bag‘ishlagan.

Maqola yakunida bu kabi loyihalar nafaqat iqtisodiy samara berishi, balki yangi ish o‘rinlari yaratish va hududlarni rivojlantirish orqali ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashi qayd etilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish