Logo

O‘zbekiston va Shvetsiya savdo hamda texnik tartibga solish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Aprel 17, 2026. 11:01 • 2 daq

186
O‘zbekiston va Shvetsiya savdo hamda texnik tartibga solish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda
O‘zbekiston va Shvetsiya savdo hamda texnik tartibga solish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda
O‘zbekiston va Shvetsiya savdo hamda texnik tartibga solish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

TOSHKENT, 17-aprel. /“Dunyo” AA/. Shu kunlarda Shvetsiya Milliy savdo kengashi (Kommerskollegium) direktori o‘rinbosari Sara Sandelius boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida Shvetsiya delegatsiyasi O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Savdoni rivojlantirish kompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muloqotlar markazida O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzo bo‘lish jarayonini jadallashtirish, texnik tartibga solish tizimini xalqaro andozalarga moslashtirish va mahalliy mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shved ekspertlari ishtirokida mahalliy eksportchi korxonalar va soha mutaxassislari uchun ikki kunlik o‘quv-seminari tashkil etilgani tashrifning amaliy ahamiyatini yanada oshirdi. Seminar davomida xalqaro texnik reglamentlarni amaliyotga joriy etish, savdo siyosatini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish hamda Yevropa bozorlariga chiqish uchun zarur bo‘lgan texnik talablar yuzasidan atroflicha maʼlumot berildi.

Mutaxassislarning fikricha, mazkur tashrif O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida savdo siyosati, texnik tartibga solish va eksportni rag‘batlantirish sohalaridagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Shvetsiyaning savdo sohasidagi boy tajribasi O‘zbekistonning global iqtisodiy tizimga integratsiyalashuvida muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.

Delegatsiyaning mamlakatimizdagi tashrifi va uchrashuvlari davom etmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish