Qozog‘iston 1994-yildan buyon ilk bor qishki Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Fevral 14, 2026. 17:25 • 58 soniya
• 158
OSTONA, 14-fevral. /“Dunyo” AA/. Italiyada bo‘lib o‘tayotgan qishki Olimpiya o‘yinlarida qozog‘istonlik figurali uchuvchi Mixail Shaydorov erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida chempionlikni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Kazinform” xalqaro axborot agentligiga tayanib.
Bu Qozog‘iston uchun so‘nggi 32 yil ichida qishki Olimpiadadagi ilk oltin medal va mamlakat tarixida erkaklar o‘rtasida figurali uchish bo‘yicha qozonilgan birinchi g‘alabadir.
Qisqa dasturdan so‘ng sportchi beshinchi o‘rinni egallab turgan va yetakchidan qariyb o‘n ochko ortda qolayotgan edi. Biroq erkin dasturda u beshta to‘rttalik sakrashni (kvad) muvaffaqiyatli bajardi va dasturni yiqilishlarsiz yakunladi. Hakamlar ijro sifati va komponentlarni yuqori baholadilar, bu esa umumiy natijada birinchi o‘ringa chiqish imkonini berdi.
Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Mixail Shaydorovni qishki Olimpiya o‘yinlari chempioni unvoni bilan tabriklab, yuksak mahorati va g‘alabaga bo‘lgan irodasi uchun minnatdorlik bildirdi. Davlat rahbari sportchini II darajali “Baris” ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Mixail Shaydorov 2004-yilda Olmaota shahrida tug‘ilgan. Uning birinchi murabbiyi otasi Stanislav Shaydorov bo‘lgan. Mixail 2025-yilgi jahon chempionati sovrindori hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, ushbu sensatsion natija Qozog‘istonda figurali uchish sportiga bo‘lgan qiziqishni yangi bosqichga olib chiqadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
