O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Norvegiya elchisi konsullik-huquqiy masalalar va migratsiya sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar
Aprel 15, 2026. 19:27 • 58 soniya
• 166
TOSHKENT, 15 aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev bugun Norvegiya elchisi Xelen Sand Andresen bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida konsullik-huquqiy masalalar, shuningdek migratsiya sohasidagi hamkorlik, xususan shartnomaviy-huquqiy bazani shakllantirish, qo‘shma o‘quv markazlarini tashkil etish, kadrlar tayyorlashga norvegiyalik mutaxassislarni jalb etish masalalari alohida ko‘rib chiqildi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash muhimligini qayd etib, muloqotni yana-da rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirdi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi