Xiva II xalqaro “Xorazm xonlari milliy taomlari” gastronomik festivaliga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Sentabr 16, 2026. 12:00 • 2 daq

55

XIVA, 16-sentabr. /“Dunyo” AA/. 19–20-sentabr kunlari Xiva shahridagi “Arda Xiva” turistik majmuasida II xalqaro “Xorazm xonlari milliy taomlari” gastronomiya festivali bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Turizm qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, ikki kun davomida festival ishtirokchilari Xorazmning boy gastronomik merosi, qadimiy retseptlar va anʼanaviy milliy taomlar bilan tanishishlari mumkin. Tadbir doirasida Xorazm milliy oshxonasining 20 dan ortiq taomi, shuningdek, dunyoning turli mamlakatlariga mansub 10 ga yaqin milliy taomlar tayyorlanadi.

Festival mehmonlariga Xorazm oshxonasining tuxum barak, ko‘k barak, qovoq barak, shivit oshi, manti, gumma, ijjon, go‘shtli qovurma, dimlama, qozonkabob, jigarkabob, tuncha sho‘rva, mastava, patir, bog‘irsoq, qatlama va boshqa anʼanaviy taomlari taqdim etiladi. Shuningdek, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Gruziya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya va Italiyaning milliy taomlari namoyish etiladi.

Festival doirasida gastronomik tanlovlar o‘tkazilib, ularning g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Tadbir Xorazmning milliy gastronomik merosini keng targ‘ib qilish, hududning gastronomik turistik salohiyatini namoyish etish hamda turli xalqlarning oshxonasi va madaniy anʼanalarini birlashtiruvchi xalqaro maydon yaratishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish