O‘zbekiston elchisi va Yaponiya parlamenti deputati ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar
Mart 29, 2026. 10:00 • 55 soniya
• 115
TOKIO, 29-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Muxsinxo‘ja Abduraxmonov Tokio shahridagi Yaponiya parlamenti deputati, Liberal-demokratik partiya Xalqaro aloqalar byurosi direktori Taro Kono bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri
Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil dekabr oyida Yaponiyaga tarixiy tashrifi yakunlari va uning doirasida o‘tkazilgan muzokaralar hamda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining ilk sammitidagi ishtiroki hamda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Yaponiyaning siyosiy partiyalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish va o‘zaro hamkorlikning aniq yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, taʼlim va turizm sohalarida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, parlament vakillarining o‘zaro tashriflarini amalga oshirishda yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi