Seulda Navro‘z bayrami munosabati bilan vatandoshlar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi
Mart 25, 2026. 13:35 • 2 daq
• 96
SEUL, 26-mart /“Dunyo” AA/. “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha turnir tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu musobaqada 12 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
O‘yinlar qizg‘in, ammo do‘stona ruhda o‘tdi. Musobaqa yakunida eng kuchli jamoalar aniqlanib, musobaqa tashkilotchilari va hamkorlari tomonidan kubok, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar va mehmonlar uchun milliy taomlar, jumladan, o‘zbek milliy taomi palov tayyorlanib, Navro‘zga xos bayramona muhit yaratildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar vatandoshlarni Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etib, bunday sport musobaqalari xorijda istiqomat qilayotgan yurtdoshlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, ularni milliy qadriyatlar atrofida birlashtirish va yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.
Shuningdek, O‘zbekistonda ommaviy sportni rivojlantirish, jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar xorijdagi fuqarolar ishtirokida ham davom ettirilayotgani qayd etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi