Logo

O‘zbekiston–Pokiston o‘rtasida farmatsevtika sohasida yangi loyihalar muhokama qilinmoqda

Aprel 20, 2026. 18:30 • 2 daq

95
O‘zbekiston–Pokiston o‘rtasida farmatsevtika sohasida yangi loyihalar muhokama qilinmoqda
O‘zbekiston–Pokiston o‘rtasida farmatsevtika sohasida yangi loyihalar muhokama qilinmoqda
O‘zbekiston–Pokiston o‘rtasida farmatsevtika sohasida yangi loyihalar muhokama qilinmoqda
O‘zbekiston–Pokiston o‘rtasida farmatsevtika sohasida yangi loyihalar muhokama qilinmoqda

ISLOMOBOD, 20-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida mamlakatimiz farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Pokistonning “Lucky Core Industries Limited” kompaniyasi vakillari o‘rtasida onlayn muzokara bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev, agentlik direktori Abdulla Azizov va kompaniya raisi Atif Siddiqiy qatnashdi.

Elchi Alisher To‘xtayev mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ayniqsa farmatsevtika sohasini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar haqida maʼlumot berdi. Xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar, ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va istiqbolli investitsiya loyihalari taqdim etildi.

Abdulla Azizov farmatsevtika klasterlarini rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi. U ilmiy-tadqiqot muassasalari, ishlab chiqarish va taʼlimni birlashtirgan klaster tizimi, innovatsiya va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

“Yunus Brothers Group (YBG)” xoldingi tarkibiga kiruvchi “Lucky Core Industries Limited” kompaniyasi raisi Atif Siddiqiy O‘zbekistondagi islohotlarni yuqori baholab, hamkorlikka qiziqish bildirdi. Uning aytishicha, dastlab Pokistondagi ishlab chiqarish quvvatlari orqali O‘zbekiston bozoriga talab yuqori bo‘lgan dori vositalarini yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga, kelajakda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, import o‘rnini bosuvchi dori vositalarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Muloqot yakunida tomonlar investitsiya loyihalarini yana-da ko‘paytirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish